add

Samarqandda tug‘uruqxona qurilishi uchun ajratilgan 4,5 mlrd so‘m talon-toroj qilindi

22.05.2025 | 10:0039123

Samarqand shahrida tug‘ruqxona qurilishi bo‘yicha davlat buyurtmasiga ajratilgan mablag‘lardan 4,5 milliard so‘m o‘zlashtirilgani fosh etildi. Prokuratura ushbu holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.

Samarqandda tug‘uruqxona qurilishi uchun ajratilgan 4,5 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
Samarqand shahrida qurilishi rejalashtirilgan 200 o‘rinli tug‘uruqxona loyihasi doirasida yirik moliyaviy qonunbuzarlik aniqlandi. Buyurtmachi «Ya.B.X.» davlat unitar korxonasi va pudratchi «O.A.H.» xususiy korxonasi o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida 31,1 milliard so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirilishi kerak edi. Ammo bajarilgan ishlar bo‘yicha nazorat o‘lchovidan o‘tkazilgan hujjatlar tekshiruvida ishlarning to‘liq bajarilmagani ma’lum bo‘ldi. Jumladan, 2025 yil 10 fevralda rasmiylashtirilgan hisob-varaq faktura orqali 4,5 milliard so‘mlik bajarilmagan ishlar yolg‘on ma’lumotlar bilan qo‘shib yozilgani fosh etildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur holatda pudratchi va buyurtmachi korxona rahbarlari o‘zaro til biriktirib, davlat mablag‘larini o‘zlashtirishga uringan. Ular byudjet mablag‘larini juda ko‘p miqdorda o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilishgan. Viloyat prokuraturasi ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini va hozirda tergov harakatlari olib borilayotganini ma’lum qildi. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar aybdor shaxslarning javobgarligini ta’minlashga qaratilgan choralarni ko‘rmoqda.

Teglar

Mavzuga oid

Samarqandda tug‘uruqxona qurilishi uchun ajratilgan 4,5 mlrd so‘m talon-toroj qilindi | Vaqt.uz