add

Samarqanddagi gaz to‘ldirish shoxobchasida yong‘in chiqdi

11.08.2025 | 10:3032243

Jomboy tumanida avtomobillarga gaz quyish shoxobchasida kechqurun yong‘in yuz berdi. Uchta mashinaga zarar yetgan.

Samarqanddagi gaz to‘ldirish shoxobchasida yong‘in chiqdi
10 avgust kuni soat 22:00 atrofida Samarqand viloyati Jomboy tumani «Shayman» MFY hududida joylashgan gaz to‘ldirish shoxobchasida yong‘in kelib chiqqani to‘g‘risida Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga xabar berilgan. Hodisa oqibatida shoxobcha hududida turgan Kia Bongo, Damas va Gentra avtomobillari zararlangan. Xabar tushgach, 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji 15 daqiqa ichida voqea joyiga yetib kelgan. Soat 22:21 da yong‘in qurshab olinib, 22:30 da to‘liq o‘chirilgan. Olov tufayli uchala mashina ham turli darajada zararlangan. Favqulodda vaziyatlar vazirligiga ko‘ra, hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan. Hozirda yong‘in kelib chiqish sabablari va yetkazilgan moddiy zarar miqdori bo‘yicha surishtiruv olib borilmoqda. Mutasaddilar aholi va haydovchilarni yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etishga chaqirmoqda. Ularning ta’kidlashicha, avtomobillarga yoqilg‘i quyish vaqtida xavfsizlik choralariga amal qilish bunday holatlarning oldini oladi. Esdatib o‘tamiz, avval ham 16 iyul va 5 avgust kunlari Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumanidagi 2 ta gaz quyish shoxobchasida portlash yuz bergan edi.

Teglar

Mavzuga oid