add

Samsung chiplar narxini oshirdi: smartfonlar sezilarli qimmatlashi mumkin

Bugun 22:491671

Janubiy Koreya texnologik giganti so‘nggi oylarda DDR5 xotira chiplari narxini 60 foizgacha oshirgan. Bu esa smartfonlar narxiga jiddiy ta’sir qilishi mumkin.

Samsung chiplar narxini oshirdi: smartfonlar sezilarli qimmatlashi mumkin

Jahonning eng yirik texnologiya gigantlaridan biri — Samsung nafaqat smartfon va maishiy texnika, balki xotira chiplari ishlab chiqarishda ham yetakchi hisoblanadi. Reuters manbalariga ko‘ra, kompaniya sentabrdan noyabrgacha bir necha turdagi 32 GB DDR5 modulining narxini 149 dollardan 239 dollargacha oshirgan.

Bu o‘sish sun’iy intellekt serverlariga bo‘lgan ulkan talab tufayli yuzaga kelgan. Ma’lumot markazlari va SI infratuzilma qurishga harakat qilayotgan kompaniyalar to‘g‘ridan to‘g‘ri va yuqori narxlarda xarid qilayotgani qayd etilgan.

Chip yetishmovchiligi ortib borishi fonida ayrim xaridorlar «sarosimali» buyurtmalari berishga o‘tgan. Masalan, Xitoydagi SMIC kompaniyasi boshqa chiplarni xarid qilishni kechiktirayotganini bildirgan. Xiaomi esa RAM narxining ko‘tarilishi telefon ishlab chiqarish xarajatlarini keskin oshirganini ma’lum qilgan.

Natijada, faqat smartfonlar emas, balki planshet, noutbuk va boshqa qurilmalar narxida ham ko‘tarilish kuzatilishi mumkin. Chunki bu turdagi xotira modullari keng tarmoqda qo‘llaniladi va Samsung chiplaridan boshqa brendlar ham foydalanadi.

Teglar

Mavzuga oid

Samsung chiplar narxini oshirdi: smartfonlar sezilarli qimmatlashi mumkin | Vaqt.uz