add

Samsung Display Rossiyadan metall xaridini to‘xtatdi

27.05.2025 | 18:4037733

Samsung Display kompaniyasi 2024 yilda Rossiyadan displey ishlab chiqarishda foydalaniladigan oltin, volfram va tantal kabi metallarni xarid qilmagan. Bu qaror ehtimolan sanksiyalardan qochish maqsadida qabul qilingan.

Samsung Display Rossiyadan metall xaridini to‘xtatdi
Janubiy Koreyaning Samsung Display kompaniyasi 2024 yilda Rossiyadan metall xarid qilmagani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda «Kommersant» nashri kompaniyaning hisobotlariga tayanilgan holda xabar berdi. Displeylar ishlab chiqarishda asosiy xomashyo hisoblanadigan oltin, volfram va tantal kabi materiallar avval Rossiyadagi 11 ta korxonadan sotib olingan. Kompaniya 2022 va 2023 yillardagi metall yetkazib berish haqidagi ma’lumotlarni oshkor etmagan. Ammo 2024 yildagi harakatlari, ayniqsa, Rossiyaga nisbatan ikkinchi darajali sanksiyalar xavfi ortishi fonida, ehtiyotkorlik bilan amalga oshirilgani taxmin qilinmoqda. Rossiyadagi ma’lumotlar saqlash tizimlari ishlab chiqaruvchilar konsorsiumi direktori Oleg Izumrudovga ko‘ra, Samsung Display metalllarni bevosita Rossiyadan xarid qilishdan voz kechgan bo‘lishi mumkin, ammo ularni vositachilar orqali hali ham olayotgan bo‘lishi ehtimoldan xoli emas. Bu logistika jarayonlarini murakkablashtirishi va kompaniya mahsulotlari narxini 2–5 foizga oshirishi mumkin. Biroq nashr manbasi bo‘lgan elektron texnika ishlab chiqaruvchilaridan biri Samsung Display kompaniyasi metall yetkazib beruvchilarini butunlay o‘zgartirib, Rossiya o‘rniga Osiyodagi boshqa manbalarga o‘tganini aytdi. Bu esa kompaniyaning Rossiya bilan hamkorlikni to‘liq to‘xtatganini ko‘rsatadi. Bu qaror Samsung Display’ning xalqaro bozordagi mavqeini saqlab qolish va geosiyosiy xavf-xatarlardan xoli bo‘lish harakati sifatida baholanmoqda.

Teglar

Mavzuga oid