
Sanepidqo‘mita o‘limga olib keluvchi muzqaymoq haqidagi xabarga munosabat bildirdi
18.08.2025 | 21:2038392
Unga ko‘ra, barcha muzqaymoq mahsulotlari tegishli tashkilotlar nazorati va laboratoriya sinovlaridan o‘tadi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan o‘limga olib keluvchi muzqaymoq haqidagi xabarlar asossizdir. Bu haqda Sanepidqo‘mita matbuot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, barcha muzqaymoq mahsulotlari tegishli tashkilotlar nazorati va laboratoriya sinovlaridan o‘tadi.
«Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan «xavfli muzqaymoq» haqidagi video mutlaqo asossiz. So‘nggi yillarda O‘zbekistonda muzqaymoq iste’molidan zaharlanish yoki og‘ir salbiy holatlar qayd etilmagan», - deyiladi xabarda.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha xalqaro standartlarga amal qiladi.
«Fuqarolarni yolg‘on xabarlarga ishonmaslikka, faqat rasmiy manbalarga tayanishga chaqiramiz. Muzqaymoqni faqat rasmiy savdo shoxobchalaridan va xavfsizlik hujjati bilan xarid qiling», - deyiladi Sanepidqo‘mita axborot xizmati xabarida.





