
Sanksiyalar soyasida: Qozog‘iston bozoridan chiqayotgan rossiyaliklar O‘zbekistonni tanlashmoqda
18.07.2025 | 12:0042992
Qozog‘istonda rossiyaliklar ishtirokidagi kompaniyalar soni keskin kamaygani qayd etildi. Ammo O‘zbekistonda bu raqamlar aksincha o‘sishni ko‘rsatmoqda. Bu tendensiya ikki davlat siyosiy va iqtisodiy yondashuvlaridagi farqni yaqqol namoyon etmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda rossiyaliklar ishtirokidagi faol kompaniyalar soni keskin kamaygan. Bu, agentlik fikricha, G‘arb tomonidan joriy qilingan ikkinchi darajali sanksiyalar va Qozog‘iston tomonidan ularning to‘liq bajarilishi bilan bog‘liq.
O‘zbekistonda esa, aksincha, Rossiya bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri mintaqaviy hamkorlik kengaymoqda. Mamlakat hozirda Rossiyaning 89 ta regionidan 80 tasi bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatgan. Bu nafaqat iqtisodiyot, balki texnologiyalar sohasida ham jahon miqyosidagi o‘sish imkoniyatini yaratadi.
Ikki tomonlama aloqalarning faollashishi natijasida O‘zbekiston bozorida rossiya mahsulotlari ko‘paygani ham ko‘zga tashlanmoqda. Bunday iqtisodiy almashinuvlar O‘zbekistonning mintaqaviy nufuzini va xalqaro maydondagi mavqeini mustahkamlashi mumkin.
Bundan tashqari, rossiyalik tadbirkorlar uchun O‘zbekiston bozori sanksiyalardan xoli, barqaror va qulay muhit sifatida ko‘rilayotgani ham aniqlanmoqda.





