add

Saralanishda faqat test: maktab baholari oliy ta’limga kirishda hisobga olinmaydi

Abituriyentlarni tanlashda maktabdagi 6 yillik o‘rtacha baholarni hisobga olish tartibi rasman bekor qilindi. Bu 2025/2026 o‘quv yilidan boshlab kirish imtihonlarida faqat test natijalariga tayaniladi, degani.

Saralanishda faqat test: maktab baholari oliy ta’limga kirishda hisobga olinmaydi
19 iyul kuni Prezidentning PF-114-sonli farmoni bilan 2021 yil 19 noyabrda qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining «Oliy ta’lim muassasalariga kirishda abituriyentlarning ta’lim hujjatlaridagi baholarini inobatga olish» tartibini joriy etuvchi qaror amalda bekor qilindi. Bu qarorga muvofiq, 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab abituriyentlarning shahodatnomasidagi 6 yillik o‘rtacha baholariga qarab 3–5 ball test natijalariga qo‘shilishi kerak edi. Masalan, 130 ball to‘plagan abituriyent 5 bahoga ega bo‘lsa, 5 ball qo‘shilishi ko‘zda tutilgandi. Biroq ushbu amaliyot avval 2023 yili 2 yilga kechiktirilgan, endi esa umuman bekor qilindi. Demak, maktabdagi baholar hech qanday qo‘shimcha afzallik bermaydi.

Teglar

Mavzuga oid

Saralanishda faqat test: maktab baholari oliy ta’limga kirishda hisobga olinmaydi | Vaqt.uz