add

Sariosiyo aeroporti 20 yildan so‘ng parvozlarni tikladi

31.05.2025 | 13:3027433

Bir oyda yangilangan terminal orqali ilk reys qabul qilindi.

Sariosiyo aeroporti 20 yildan so‘ng parvozlarni tikladi
Sariosiyo aeroporti 20 yillik tanaffusdan so‘ng 30 may kuni Toshkentdan kelgan ilk yo‘lovchi reysini qabul qildi. Parvoz Silk Avia aviakompaniyasiga tegishli ATR-72-600 samolyoti orqali amalga oshdi. Samolyot mahalliy vaqt bilan soat 15:41 da qo‘ndi va yo‘lovchilar suv arkasi hamda milliy kuy-qo‘shiqlar bilan kutib olindi. Bu — aeroport uchun rasman faoliyat tiklangan ilk reys bo‘ldi. Avvalroq aerovokzal hududida keng ko‘lamli ta’mirlash va rekonstruksiya ishlari olib borilgani ma’lum qilingan edi. Xususan, uchish-qo‘nish yo‘lagi, burilish yo‘lakchasi va samolyot turish joylari to‘liq qayta ta’mirlandi. Aeroport 29 aprel kuni texnik parvozni amalga oshirgan edi. Bir oy mobaynida 1100 kvadrat metr maydonni egallagan va soatiga 100 nafargacha yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega yangi terminal ham qurib bitkazildi. Endi Toshkent — Sariosiyo — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam parvozlar har haftaning chorshanba va juma kunlari amalga oshiriladi. Reyslar Silk Avia aviakompaniyasi tomonidan ATR-72-600 samolyotlarida bajariladi.

Teglar

Mavzuga oid