add

Saudiyada bir haftada 13 mingdan ortiq noqonuniy migrant qo‘lga olindi

26.05.2025 | 20:4511403

Saudiya Arabistonida ichki ishlar idorasi tomonidan olib borilgan reydlar natijasida so‘nggi haftada 13 mingdan ortiq noqonuniy migrant ushlandi. Mamlakat qonunlarini buzganlarga nisbatan qattiq jazo choralari ko‘rilmoqda.

Saudiyada bir haftada 13 mingdan ortiq noqonuniy migrant qo‘lga olindi
Saudiya Arabistonida o‘tkazilgan keng ko‘lamli tekshiruvlar natijasida 13 118 nafar noqonuniy migrant qo‘lga olindi. Saudiya matbuot agentligi tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, ushlanganlardan 8 150 nafari yashash qoidalarini buzgan, 3 344 nafari esa chegarani noqonuniy tarzda kesib o‘tgan. Qolgan 1 624 nafar shaxs esa mehnat qonunchiligini buzgan holda faoliyat yuritgan. Saudiya Ichki ishlar vazirligi mamlakat hududiga noqonuniy kirishda yordam bergan shaxslar ham qattiq jazolanishini ma’lum qildi. Xususan, transport vositalarini taqdim etgan yoki boshpana bergan fuqarolar 15 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Shuningdek, ularga 267 ming AQSH dollarigacha jarima solinishi hamda mulklari musodara qilinishi ehtimoli bor. Mamlakat rasmiylari noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashni yanada kuchaytirish niyatida. Bu maqsadda chegara nazorati kuchaytirilib, mehnat bozorida qonunbuzarliklarga yo‘l qo‘ymaslik choralari ko‘rilmoqda. Migratsiya qonunlariga rioya qilish Saudiya hukumatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Hukumat noqonuniy faoliyat yurituvchi shaxslarga nisbatan murosasiz pozitsiyani saqlab qolmoqda. Bu kabi qonuniy choralar mamlakat xavfsizligi va ichki tartibotni ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, har qanday qonunbuzarlikka qarshi qattiq javob qaytarilishi ta’kidlanmoqda.

Teglar

Mavzuga oid