add

Savdo xizmatlari hajmi 187 trln so‘mga yetdi

30.01.2026 | 17:301 daqiqa

2025 yilda O‘zbekistonda savdo xizmatlari bozori barqaror o‘sishni saqlab, hududlar kesimida ham yuqori faollik qayd etildi.

Savdo xizmatlari hajmi 187 trln so‘mga yetdi

2025 yilda O‘zbekistonda savdo xizmatlari hajmi 187 trln so‘mni tashkil etdi, deya xabar qildi Milliy statistika qo‘mitasi. Bu ko‘rsatkich 2024 yilning mos davriga nisbatan 13,8 foizga oshgan bo‘ldi.

Hududlardagi ko‘rsatkichlar

Hududlar kesimida eng katta ulush Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri kelib, poytaxtda savdo xizmatlari hajmi 68,3 trln so‘mni tashkil etdi. Bu respublika bo‘yicha umumiy ko‘rsatkichning salmoqli qismini qamrab oladi. Toshkent viloyatida mazkur ko‘rsatkich 17,4 trln so‘mga yetgan.

Samarqand viloyatida savdo xizmatlari hajmi 12,8 trln so‘m, Farg‘ona viloyatida 14,1 trln so‘m, Namangan viloyatida esa 10,6 trln so‘mni tashkil qildi. Qashqadaryo va Andijon viloyatlarida mos ravishda 10,2 va 10,3 trln so‘mlik xizmatlar ko‘rsatilgan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida savdo xizmatlari hajmi 6,1 trln so‘m, Buxoro viloyatida 9,4 trln so‘m, Surxondaryo viloyatida 9,2 trln so‘m darajasida qayd etildi. Eng past ko‘rsatkich Sirdaryo viloyatida kuzatilib, u 2,5 trln so‘mni tashkil etgan.

Avvalroq Soliq qo‘mitasi 2025 yilda savdo korxonalari tomonidan to‘langan soliqlar, tovar aylanmasi va ularga berilgan imtiyozlar haqida ma’lumot bergandi.

Teglar

Mavzuga oid