add

Senat Farg‘onada tahqirlangan direktor bilan bog‘liq voqeani nazoratga oldi

06.10.2025 | 22:3019973

Oliy Majlis Senati Farg‘onada tahqirlangan maktab direktoriga oid mojaroli holatni nazoratga olib, huquqni muhofaza qiluvchi organlardan qonuniy chora ko‘rishni talab qildi.

Senat Farg‘onada tahqirlangan direktor bilan bog‘liq voqeani nazoratga oldi
Senat Matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, so‘nggi kunlarda Kun.uz saytida e’lon qilingan «Omadsiz “tadbir” yoxud birovga choh qazisang, o‘zing tushasan» sarlavhali videomaqolada yoritilgan voqea Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi tomonidan nazoratga olingan. Mazkur materialda Farg‘ona viloyati Furqat tumanidagi maktab direktori va ichki ishlar boshqarmasi rahbari bilan bog‘liq mojaroli holat haqida so‘z boradi. Videomaqola keng jamoatchilik muhokamasiga sabab bo‘ldi va ijtimoiy tarmoqlarda katta rezonans uyg‘otdi. Senat qo‘mitasi voqea yuzasidan qonunbuzarlik alomatlari bo‘lishi mumkinligini qayd etib, ichki ishlar vazirligi hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarga qonuniy qaror qabul qilish yuzasidan parlament nazoratini o‘rnatdi. Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi bayonotida ta’kidlanishicha, parlament har qanday qonunbuzilish holatiga nisbatan murosasiz bo‘lib, xizmat vakolatlarini suiste’mol qilish yoki fuqarolar huquqini poymol etish holatlariga qat’iy chora ko‘rilishini talab qiladi. Senator Malika Qodirxonova ham bu voqea yuzasidan fikr bildirib, tizimdagi kamchiliklar va qonunbuzilishlarga nisbatan qat’iy baho berish, mas’ul shaxslarning javobgarligini ta’minlash zarurligini ta’kidladi.

Teglar

Mavzuga oid