add

Senat muxolifat huquqlarini kuchaytirish bo‘yicha qonunni ma’qulladi

25.06.2025 | 14:4542192

Yangi qonunga ko‘ra, parlamentdagi muxolifat fraksiyasiga yanada keng vakolatlar beriladi. Qonun Senat tomonidan ma’qullanib, Prezidentga imzolash uchun yuborildi.

Senat muxolifat huquqlarini kuchaytirish bo‘yicha qonunni ma’qulladi
Qonunga asosan, o‘zini muxolifat deb e’lon qilgan siyosiy partiya fraksiyasi Qonunchilik palatasida bir qo‘mita raisi va ikki qo‘mita raisi o‘rinbosari lavozimini egallashi mumkin bo‘ladi. Shuningdek, qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqilgunga qadar muxolifat tomonidan muqobil tahrir kiritish huquqi beriladi. Har chorakda “hukumat soati” va parlament so‘rovi doirasida kamida bitta masalani muhokamaga kiritish huquqi ham kafolatlanmoqda. Qonun 6 ta moddadan iborat bo‘lib, bir nechta amaldagi qonunlarga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutadi. Hujjat tayyorlashda 20 ga yaqin davlat, jumladan, Qozog‘iston, Armaniston, Buyuk Britaniya va Malayziya tajribasi o‘rganilgan. Qonun qabul qilingach, uni Prezident imzolasa, parlamentda muxolifat huquqlari birinchi marta qonun darajasida kafolatlanadi.

Teglar

Mavzuga oid