add

Senator Grehem: «Sanksiyalar Trampga Ukrainadagi urushni to‘xtatish imkonini beradi»

Bugun 08:181411

AQSHda Rossiya va uni qo‘llovchi davlatlarga nisbatan «juda qat’iy» sanksiyalar joriy etilishi rejalashtirilmoqda.

Senator Grehem: «Sanksiyalar Trampga Ukrainadagi urushni to‘xtatish imkonini beradi»

AQSHning respublikachi senatori Lindsi Grehem Kongressda Rossiyaga qarshi yangi ikki partiya tomonidan ham qo‘llab-quvvatlanadigan sanksiyalar qonuni ishlab chiqilayotganini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, yangi hujjat prezident vakolatlarini kengaytiradi va Rossiya hamda uning savdo hamkorlariga bosim o‘tkazish uchun yangi iqtisodiy vositalar taqdim etadi.

Grehemning ta’kidlashicha, qonun loyihasi orqali AQSH Rossiya iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlayotgan mamlakatlarga nisbatan «ikkilamchi sanksiyalar va tariflar» joriy etishi mumkin bo‘ladi. Bu esa Vladimir Putinni muzokaralar stoliga o‘tirishga majbur qiladi, degan fikrda senator.

«Bu qonun Trampga Putin va uning ittifoqchilariga kuchliroq bosim o‘tkazish imkonini beradi», — degan Grehem.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaning yirik neft kompaniyalariga qarshi joriy qilingan avvalgi sanksiyalar sezilarli natija bergan. Yangi qonun esa shu jarayonni davom ettirib, urushni «sharaf bilan, adolatli va butunlay tugatish» imkonini beradi.

Avvalroq AQSH prezidenti Donald Tramp ham ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlab, Rossiya bilan biznesni davom ettirayotgan har qanday davlatga qarshi «juda qat’iy sanksiyalar» qonuni tayyorlanayotganini ma’lum qilgan edi.

Teglar

Mavzuga oid

Senator Grehem: «Sanksiyalar Trampga Ukrainadagi urushni to‘xtatish imkonini beradi» | Vaqt.uz