add

Sentyabrda ozarboyjonliklarni Ag‘damga ko‘chirish boshlanadi

30.08.2025 | 21:0035403

Qorabog‘dagi tuman markazi infratuzilmasi tiklanmoqda, Boku–Ag‘dam yo‘nalishida ilk temiryo‘l reys jo‘nab ketdi.

Sentyabrda ozarboyjonliklarni Ag‘damga ko‘chirish boshlanadi
Ozarboyjon prezidentining Qarabog‘ bo‘yicha maxsus vakili Emin Huseynovning ma’lum qilishicha, sentyabr oyidan boshlab qayta tiklanayotgan Ag‘dam shahriga ozarboyjonlik fuqarolarni ko‘chirish boshlanadi. Unga ko‘ra, shaharning tarixiy markazi 2026 yil oxirigacha to‘liq tiklanadi. «Ag‘damda tiklash ishlari jadal ketmoqda. Infratuzilma bo‘yicha jiddiy qurilish ishlari olib borilmoqda», — deya Huseynovning so‘zlarini keltirmoqda Report nashri. Shuningdek, Ozarboyjon temir yo‘llari rahbari Nijat Quliyev 30 avgust kuni Bokudan Ag‘damga ilk yo‘lovchi poyezdi jo‘nab ketganini ma’lum qildi. Bu yo‘nalishda reyslar 32 yildan beri amalga oshirilmagan edi. 2024 yilda Xonkendi shahriga ham fuqarolarni qayta joylashtirish ishlari boshlangan. Qarabog‘ hududi 2023 yilda Armaniston bilan bo‘lgan urushdan so‘ng to‘liq Ozarboyjon nazoratiga o‘tgan edi. Ag‘dam shahri bugungi kunda qayta tiklanish jarayonidagi muhim strategik hududlardan biri hisoblanadi. Hukumat infratuzilmani to‘liq yangilash, turarjoylar va ijtimoiy ob’ektlarni qayta qurish, shaharga hayotni qaytarishni maqsad qilgan. Mahalliy va markaziy hokimiyatlar aholini joylashtirish bilan birga, ish o‘rinlari yaratish va iqtisodiy faollikni tiklashga ham e’tibor qaratmoqda.

Teglar

Mavzuga oid

Sentyabrda ozarboyjonliklarni Ag‘damga ko‘chirish boshlanadi | Vaqt.uz