Logo

Serjio Gor: «Markaziy Osiyo biz uchun juda muhim»

Bugun 22:401 daqiqa

Donald Tramp ma’muriyati mintaqani ishonchli sherik va geosiyosiy ahamiyati ortib borayotgan hudud sifatida ko‘rmoqda.

Serjio Gor: «Markaziy Osiyo biz uchun juda muhim»

Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida 10-iyun kuni Markaziy Osiyo davlatlari va AQSH ishtirokida C5+1 formatida muhim minerallar bo‘yicha muloqotning ikkinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

AQSHning Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Serjio Gorning ta’kidlashicha, muhim minerallar zamonaviy texnologiyalar, infratuzilma, sanoat va milliy mudofaa sohalari uchun strategik ahamiyatga ega.

Gor ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida AQSH Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlikda mazkur resurslardan barqaror foydalanish ustida ishlayotganini bildirdi.

Strategik ahamiyat ortib bormoqda

«The Astana Times» nashrining yozishicha, AQSH vakili Markaziy Osiyo hududi uzoq yillar davomida Vashington tomonidan yetarli darajada e’tibor qaratilmaganini qayd etgan.

Uning aytishicha, Donald Tramp ma’muriyati mintaqani ishonchli sherik va geosiyosiy ahamiyati ortib borayotgan hudud sifatida baholamoqda.

«Markaziy Osiyo biz uchun juda muhim. Biz o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish, yanada mustahkam sheriklik aloqalarini yo‘lga qo‘yish hamda Qo‘shma Shtatlar va mintaqa mamlakatlari uchun birdek manfaatli bo‘lgan imkoniyatlarni izlash niyatidamiz», — degan AQSH prezidentining vakili.

Uchrashuvda, shuningdek, AQSH Xalqaro moliyaviy rivojlanish korporatsiyasi (DFC) mintaqada muhim minerallar, telekommunikatsiya va infratuzilma loyihalariga sarmoya kiritish imkoniyatlarini o‘rganayotgani ma’lum qilingan.

Teglar

Mavzuga oid

Serjio Gor: «Markaziy Osiyo biz uchun juda muhim» | Vaqt.uz