add

Sharof Rashidov tumani hokimi hibsda bo‘lgan vaqtda uning nomidan 5 ta qaror imzolandi

12.07.2025 | 09:4519692

Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida hokim hibsga olinganidan so‘ng ham uning nomi bilan beshta pul taqsimoti bo‘yicha rasmiy qaror imzolangani fosh bo‘ldi. Bu holat tumanda hokim vakolatlaridan kim va qanday maqsadda foydalanganini kun tartibiga chiqarmoqda.

Sharof Rashidov tumani hokimi hibsda bo‘lgan vaqtda uning nomidan 5 ta qaror imzolandi
Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani hokimi 8–9 iyul kunlari hibsga olingan bo‘lishiga qaramay, unga tegishli nomi bilan pul ajratishga oid 5 ta qaror imzolangani ma’lum bo‘ldi. Ularda turli sohalar – hokimiyatning moddiy-texnik ta’minoti, obodonlashtirish ishlari, ijtimoiy barqarorlik fondi, ayollar siyosati va boshqa yo‘nalishlarga jami kamida 1 mlrd so‘mga yaqin mablag‘lar ajratish nazarda tutilgan. Barcha qarorlarda hokim sifatida M. Ergashevning nomi ko‘rsatilgan bo‘lib, hujjatlarga Kengash raisi Xolbutayev Maxmud Parsamatovich tomonidan imzo qo‘yilgan. Shuningdek, hujjatlarda mablag‘larni taqsimlash, amaliyotda joriy etish va hisobga olish bilan bog‘liq bir qator mutasaddilarning familiyalari qayd etilgan. Biroq, aynan ushbu kunlarda hokim hibsda bo‘lgani e’tiborga olinsa, qarorlar yoki ularning muhri qonuniy kuchga ega ekanligi va u kim tomonidan amalga oshirilgani katta shubhalarga sabab bo‘lmoqda.

Teglar

Mavzuga oid