add

Sharof Rashidov tumani hokimi ozodlikka chiqdimi? Oliy sud rasmiy izoh berdi

28.10.2025 | 11:5818071

10 iyul kuni Mahmud Xolbo‘tayev nisbatan «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan edi.

Sharof Rashidov tumani hokimi ozodlikka chiqdimi? Oliy sud rasmiy izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani hokimi lavozimida ishlagan Mahmud Xolbo‘tayev ozod etilgani haqida xabarlar tarqaldi. Oliy sud matbuot kotibi Aziz Abidov bu xabarlarni rad etdi.

Sobiq hokim ayni vaqtda Jinoyat kodeksining 167, 205, 206, 209, 210 va 229-4-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.

Abidovga ko‘ra, joriy yilning 10 iyul kunidagi jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax shahar sudining ajrimi bilan Mahmud Xolbo‘tayevga nisbatan «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan bo‘lib, ayni paytda u tergov hibsxonasida saqlanmoqda.

«M. X.ga oid jinoyat ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Arnasoy tuman sudining ish yurituvida bo‘lib, bugungi kunda ushbu jinoyat ishi mazmunan ko‘rib chiqish uchun tayinlash bosqichida ekanligi ma’lum qilinadi», - deyilgan xabarda.

Teglar

Mavzuga oid