Shavkat Mirziyoyev futbolchilarga: «o‘yinlarda ortiqcha bosimsiz, hech kimdan hayiqmasdan o‘ynang»

Bugun 19:101 daqiqa

Davlat rahbari O‘zbekiston milliy terma jamoasini Jahon chempionatiga kuzatish marosimida ishtirok etdi.

Shavkat Mirziyoyev futbolchilarga: «o‘yinlarda ortiqcha bosimsiz, hech kimdan hayiqmasdan o‘ynang» © Foto: president.uz

Prezident Shavkat Mirziyoyev futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bilan uchrashib, AQSH, Meksika va Kanada mezbonligida o‘tadigan Jahon chempionati oldidan futbolchilarni tabrikladi va ularni nufuzli musobaqaga kuzatdi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati ma’lum qildi.

Uchrashuv yakunida Prezident milliy terma jamoa a’zolariga ruhiy dalda berib, ularni mas’uliyatli o‘yinlar oldidan qo‘llab-quvvatladi.

«Jahon chempionatida oson o‘yinning o‘zi yo‘q. Sizlar Portugaliya, Kolumbiya, Kongo kabi terma jamoalar bilan o‘ynaysizlar. Lekin bir narsani doimo yodda tuting: sizlar tarixni allaqachon yaratib bo‘ldingiz! O‘yinlarda ortiqcha bosimsiz, hech kimdan hayiqmasdan, boringizni berib o‘ynang. Har bir to‘p, maydonning har bir qarichi uchun oxirigacha kurashing!», - dedi davlat rahbari.


Prezident 40 millionga yaqin O‘zbekiston xalqi terma jamoaning mundialdagi har bir harakatini katta hayajon bilan kuzatishini ta’kidlab o‘tdi.

«El-yurtimiz sizlarga ishonadi, Prezident sizlarga ishonadi! Boringlar, mardonavor o‘ynanglar, Vatan sharafini munosib himoya qilinglar! G‘alaba va omad hamisha yor bo‘lsin!», - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Teglar

Mavzuga oid