add

Shavkat Mirziyoyev «Markaziy Osiyo – Italiya» sammitida qatnashadi  

Sammitda mintaqaviy davlatlar rahbarlari va Italiya Bosh vaziri ishtirok etishi kutilmoqda.

Shavkat Mirziyoyev «Markaziy Osiyo – Italiya» sammitida qatnashadi  
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30 may kuni Ostonda o‘tadigan «Markaziy Osiyo – Italiya» formatidagi sammitda ishtirok etadi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. Tadbirda mintaqadagi barcha davlatlar rahbarlari va Italiya Bosh vazirining qatnashishi rejalashtirilgan. Sammit doirasida asosiy e’tibor «yashil» iqtisodiyotni rivojlantirish, investitsiyaviy va innovatsion hamkorlikni kengaytirish, fan va ta’lim sohalarida o‘zaro aloqalarni kuchaytirishga qaratiladi. Mazkur sammit Italiya va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi muloqotni yangi bosqichga olib chiqishi kutilmoqda. Ta’kidlash joiz, so‘nggi yillarda O‘zbekiston va Italiya munosabatlari faol rivojlanib bormoqda. Eslatib o‘tamiz, shu yil boshida Samarqanddagi ko‘chalardan biriga Italiya poytaxti – Rim nomi berilgan edi. Bu qaror ikki davlat o‘rtasidagi oliy darajadagi muzokaralar yakunlarida qabul qilingan.

Teglar

Mavzuga oid