add

Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston prezidentining tabrigiga javob yo‘lladi

Avvalroq Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov UNESCO Bosh konferensiyasi sessiyasining ochilishi munosabati bilan Shavkat Mirziyoyevga tabrik yo‘llagan edi.

Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston prezidentining tabrigiga javob yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarovga uning Samarqandda UNESCO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasining ochilishi munosabati bilan yo‘llagan tabriknomasiga javoban maktub yo‘lladi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar qildi.

Maktubda Prezident Qirg‘iziston tomoni ushbu tadbirga nufuzli delegatsiyasini yuborgani uchun minnatdorlik izhor etgan.

«Mazkur xalqaro forum so‘nggi qirq yil ichida ilk bor UNESCO Bosh qarorgohidan tashqarida — qadimiy Samarqand shahrida o‘tkazilayotgani Markaziy Osiyo mintaqasining umumiy muvaffaqiyati ekani, O‘zbekistonning xalqaro maydondagi obro‘-e’tibori tobora oshib borayotgani haqidagi iliq so‘zlaringiz biz uchun g‘oyat qadrlidir», — deyiladi.

«Konferensiyada ilgari surilgan muhim tashabbuslar va qabul qilinadigan qarorlar ta’lim, fan va madaniyat sohasida global hamkorlikning yangi ufqlarini ochishi, o‘zaro do‘stlik muhitini yanada kuchaytirishi haqidagi fikrlaringizga ham to‘liq qo‘shilaman», — deya qayd etgan Mirziyoyev.

«Aminmanki, o‘rtamizdagi chin qardoshlik rishtalarining tobora mustahkamlanib borayotgani va bo‘lajak oliy darajadagi muloqotlarimiz strategik sherikligimizni yuqori bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi», — deyiladi maktubda.

Teglar

Mavzuga oid

Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston prezidentining tabrigiga javob yo‘lladi | Vaqt.uz