add

Shavkat Mirziyoyev Shveysariyaga ketdi

O‘zbekiston rahbari Amerika yetakchisi tashabbusi bilan tashkil etilayotgan Tinchlik kengashi nizomini imzolash marosimida ishtirok etadi.

Shavkat Mirziyoyev Shveysariyaga ketdi© Фото: president.uz

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQSH Prezidenti Donald Trampning taklifiga binoan 21-yanvar kuni Davos shahrida Amerika yetakchisi tashabbusi bilan tashkil etilayotgan Tinchlik kengashi nizomini imzolash marosimida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Shveysariyaga jo‘nab ketdi.

Avvalroq davlat rahbari kengashga ta’sischi davlat sifatida qo‘shilish taklifini qabul qilgan edi.

O‘zbekiston yetakchisi AQSH Prezidentiga yo‘llagan maktubida ushbu tashabbus Yaqin Sharqdagi ko‘p yillik mojarolarni hal etish, keng mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlash yo‘lidagi muhim qadam sifatida baholanayotganini ta’kidlagan.

Teglar

Mavzuga oid