add

Shavkat Mirziyoyev UNESCOning yangi saylangan bosh direktorini qabul qildi

Ular UNESCO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi yakunlari va BMTning ushbu nufuzli instituti bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollarini ko‘rib chiqdi.

Shavkat Mirziyoyev UNESCOning yangi saylangan bosh direktorini qabul qildi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12-noyabr kuni BMTning Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti (UNESCO) bosh direktori lavozimiga saylangan Xolid al-Ananiyni qabul qildi.

Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan UNESCO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi yakunlari va BMTning ushbu nufuzli instituti bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Suhbat avvalida davlat rahbari Xolid al-Ananiyni yuksak lavozimga saylangani bilan tabriklab, kelgusi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tiladi.

O‘z navbatida, yangi saylangan bosh direktor O‘zbekiston prezidentiga tashkilotning bosh tadbiri qo‘llab-quvvatlangani va yuksak saviyada tashkil etilgani uchun alohida minnatdorlik bildirdi.

O‘zbekiston va UNESCO o‘rtasida keng ko‘lamli yo‘nalishlarni qamrab olgan tizimli va sermahsul hamkorlik yo‘lga qo‘yilgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Tomonlarning hamkorlikni yanada faollashtirish, jumladan, tashkilotning mamlakatimizdagi loyihaviy faoliyatini kengaytirish borasidagi intilishi qat’iy ekani tasdiqlandi.

UNESCO Bosh konferensiyaning ochilish marosimida O‘zbekiston prezidenti tomonidan ilgari surilgan strategik tashabbuslarni birgalikda amalga oshirishga tayyor ekani ta’kidlandi.

Teglar

Mavzuga oid

Shavkat Mirziyoyev UNESCOning yangi saylangan bosh direktorini qabul qildi | Vaqt.uz