add

Shavkat Mirziyoyev Volodimir Zelenskiyga tabrik xati yo‘lladi

24.08.2025 | 23:1519514

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ukraina mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan Volodimir Zelenskiyga tabrik xati yo‘lladi.

Shavkat Mirziyoyev Volodimir Zelenskiyga tabrik xati yo‘lladi
«Ukrainaning milliy bayrami — Mustaqillik kuni munosabati bilan Sizni va butun Ukraina xalqini samimiy muborakbod etaman. Ishonchim komilki, davlatlarimiz o‘rtasidagi an’anaviy do‘stlik va uzoq muddatli hamkorlik tamoyillariga asoslangan aloqalar kelgusida ham xalqlarmiz umumiy manfaatlari yo‘lida rivojlanib boraveradi. Fursatdan foydalanib, Sizga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt-saodat, mas’uliyatli faoliyatingizda muvaffaqiyatlar, ukraina xalqiga esatinchlik-omonlik va farovonlik tilab qolaman», — deyiladi Prezident Mirziyoyev tabrigida. Gzigesaxyaax90l Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy ijtimoiy tarmoqlarda Mirziyoyevning xatini e’lon qildi va tabrik uchun tashakkurnoma bildirdi.
«Prezident Mirziyoyev, Ukraina Mustaqilligi kuni munosabati bilan bildirgan iliq tilaklaringiz uchun chin qalbimdan minatdorman. Davlatlarimiz Ukraina va O‘zbekiston xalqlarining manfaatlari yo‘lida hamkorlikni rivojlantirishi va ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishda davom etishiga ishonchim komil. Sizning Ukrainaning hududiy yaxlitligi va ukrainalik bolalarning O‘zbekistonda hordiq chiqarishi bo‘yicha ko‘rsatgan insonparvarlik tashabbuslaringizni qadrlayman», — deb yozdi Zelenskiy X ijtimoiy tarmog‘ida. Photo 2025 08 24 22.51.57

Shuningdek, O‘zbekistonning Kiyevdagi elchixonasi Ukraina xalqini Mustaqillik kuni bilan tabriklab, ushbu sana ozodlik, suverenitet va birdamlikka intilish ramzi ekanini ta’kidladi. Diplomatik vakolatxona tabrik matnini o‘zining Facebook sahifasida e’lon qildi.

«Ushbu muhim kun Ukrainaning ozodlik, suverenitet va birdamlikka intilishini anglatadi, Ukraina xalqining ruhiy quvvati, matonati va tinchlik, barqarorlik hamda farovonlikka bo‘lgan tinimsiz intilishini aks ettiradi», — deyiladi xabarda.

Ukraina Mustaqillik kuni munosabati bilan qo‘shni davlatlar rahbarlari ham tabrik yo‘llamoqda. Xususan, Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyga tabrik telegrammasi yo‘lladi. Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev ham Zelenskiyni tabriklab, mamlakatlar o‘zaro qo‘llab-quvvatlash va birdamlikni davom ettirayotganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ozarboyjon do‘st Ukraina xalqini zarur insonparvarlik yordami bilan qo‘llab-quvvatlaydi.

Teglar

Mavzuga oid