add

Shavkat Mirziyoyev Xitoyga boradi

Mazkur safar haqidagi ishora Xitoy rahbari Si Jinpingning Mirziyoyevga yo‘llagan tabrigidan ma’lum bo‘ldi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoyga boradi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning sentyabr oyida Xitoyga boradi. Tashrif doirasida XXR raisi Si Jinping bilan muzokara o‘tkazadi. Bu Si Jinpingning Shavkat Mirziyoyev 68 yoshga to‘lgani munosabati bilan yo‘llagan tabrigidan ma’lum bo‘ldi. «Shanxay hamkorlik tashkilotining Tianjin sammitida hamda Xitoy xalqining yapon bosqinchilariga qarshi urushidagi G‘alabasi va Fashizmga qarshi jahon urushidagi G‘alabasining 80 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etayotganingiz munosabati bilan Sizni Xitoyda qutlashdan mamnunman», - degan XXR raisi o‘z maktubida. 2025 yil 3 sentyabr kuni Pekinda Ikkinchi jahon urushi yakunlangan kun munosabati bilan harbiy parad o‘tkaziladi. Parad doirasida xalqaro darajadagi uchrashuvlar, jumladan, Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlarining uchrashuvi ham o‘tkazilishi mumkin.

Teglar

Mavzuga oid