
Shimoliy Koreya Rossiyaning Ukrainadagi urushini «beshart qo‘llab-quvvatlash»ni ma’lum qildi
13.07.2025 | 18:3040393
Vonsan shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda KXDR yetakchisi Kim Chen In Rossiyani «beshart qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish»ini ma’lum qildi. Bu haqda 13 iyul, yakshanba kuni mamlakat davlat axborot agentligi xabar berdi.

Rasmiy Pyongyang Rossiya tomonidan Ukraina mojarosi sabablarini bartaraf etishda ko‘rilgan barcha chora-tadbirlarni qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi. Bu bayonot Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va Shimoliy Koreya tashqi ishlar vaziri Choy Ryong He o‘rtasidagi uchrashuvdan keyin e’lon qilindi.
Vonsan shahrida bo‘lib o‘tgan muzokaralarda Kim Chen In Lavrov bilan uchrashib, samimiy kuchi bilan tanishgani aks etgan rasmlar ham davlat OAVsi orqali tarqatildi. Uchrashuvlar davomida ikki davlat 2026–2027 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik rejasini imzoladi. Ushbu «strategik muloqot»da xalqaro maydondagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Lavrov Shimoliy Koreyani Rossiyaning Ukrainadagi maqsadlarini to‘liq qo‘llab-quvvatlayotgan «do‘st» deb atadi. Unga ko‘ra, Rossiya va Shimoliy Koreya o‘tgan yili o‘zaro mudofaa shartnomasini imzolagandi.
AQSH rasmiylarining ma’lum qilishicha, Shimoliy Koreya 2024 yili kamida 10 ming nafar askarini Rossiyaga yuborgan va urush uchun raketa hamda o‘q-dorilar yetkazib bergan. Rossiya TASS agentligi xabariga ko‘ra, Lavrov Kim Chen Inga Ukraina armmhiyasining Kursk oblastiga qarshi amalga oshirilgan hujumini qaytarishda Koreya armiyasining ishtirok etgani uchun minnatdorlik bildirgan.





