Shotlandiya – Marokash o‘yinini o‘zbekistonlik hakamlar brigadasi boshqaradi
Bugun 20:001 daqiqa
FIFA hakami Ilgiz Tantashev boshchiligidagi hakamlar brigadasi JCH 2-turi doirasida bo‘lib o‘tadigan Shotlandiya — Marokash uchrashuvini boshqarib boradi.

AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tayotgan FIFA Jahon chempionatining "S" guruhidan o‘rin olgan Shotlandiya hamda Marokash terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinni o‘zbekistonlik hakamlar jamoasi boshqaradi.
Mazkur uchrashuv 20-iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 03:00 da boshlanishi rejalashtirilgan. O‘yinga FIFA hakami Ilgiz Tantashev bosh hakam sifatida tayinlangan bo‘lib, unga qanotlarda Andrey Sapenko va Timur Gaynullin yordam berishi belgilandi.





