add

Shri-Lankada dunyodagi eng yirik sapfir namoyish etildi

Bugun 16:411 daqiqa

Shri-Lankada 3563 karatli «Star of Pure Land» deb nomlangan sapfir (ko‘k yoqut) ommaga namoyish etildi.

Shri-Lankada dunyodagi eng yirik sapfir namoyish etildi

Shri-Lankada joylashgan Ratnapura shahrida topilgan va «Star of Pure Land» deb nomlangan ushbu sapfirning og‘irligi 3563 karatni tashkil qiladi. Associated Press ma’lumotlariga ko‘ra, toshning taxminiy bozor qiymati 300–400 million dollar atrofida baholanmoqda. Safir 2026 yil yanvar oyida rasman namoyish etildi.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, ushbu toshning eng muhim jihati — uning yuzasida aniq ko‘rinadigan «yulduz» effekti, ya’ni asterizmdir. Bu xususiyat sapfirning estetik jozibasini oshirish bilan birga, uning investitsion va kolleksion qiymatini ham sezilarli darajada ko‘taradi. Shu sababli «Star of Pure Land» nafaqat tabiiy noyoblik, balki yuqori darajadagi aktiv sifatida ham qaralmoqda.

Ratnapura shahri asrlar davomida qimmatbaho toshlar qazib olinadigan an’anaviy markaz hisoblanadi. Yangi topilma ushbu hududning nufuzini yanada oshirib, mahalliy sanoat va eksport salohiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi kutilmoqda. Zargarlik sohasi vakillari bu kabi yirik topilmalar mamlakat iqtisodiyotiga valuta tushumlarini ko‘paytirishda muhim o‘rin tutishini qayd etmoqda.

Shri-Lanka hukumati ham ushbu voqeani mamlakatni jahon qimmatbaho toshlar bozorida yetakchi markazlardan biri sifatida ilgari surish uchun imkoniyat, deb baholamoqda. Noyob sapfir xalqaro qiziqish turizm, investitsiya va eksport hajmlarining oshishiga xizmat qilishi kutilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid