
Shushada shaharning yangi ramzi — 72 metrli masjid qad rostlamoqda
10.09.2025 | 09:4521323
Ozarboyjonning armani ishg‘olidan ozod etilgan Shusha shahrida yangi masjid qurilishi davom etmoqda. Uning ulkan ko‘rinishi va ma’naviy ramzlari shaharning yangi arxitektura belgisiga aylanadi.

Ozarboyjonning Shusha shahrida barpo etilayotgan Yangi Shusha masjidi o‘zining ulkan ko‘lami va ramziy ma’nosi bilan shaharning yangi timsoliga aylanishi kutilmoqda. Bu haqda Trend axborot agentligi xabar berdi.
Ushbu masjidning poydevori 2021 yilda Prezident Ilhom Aliyev tomonidan qo‘yilgan. Masjid shakli 8 raqami shaklida bo‘ladi — bu Shusha shahrining ishg‘oldan ozod qilingan kuni, ya’ni G‘alaba kunini bildiradi. Masjidning ikki minorasi esa 11 raqamini anglatadi — bu shahar ozod qilingan oyning tartibiy raqami. Har bir minora 72 metr balandlikda bo‘ladi.
Shusha tarixiy arxitektura yodgorliklari, xususan, masjidlari bilan mashhur. Yangi Shusha masjidi ana shu tarixiy me’moriy durdonalar qatoriga zamonaviy nafas bag‘ishlaydigan yangi inshoot sifatida qo‘shiladi.
Qayd etib o‘tish kerak, o‘tgan yillar ichida armani bosqini davrida vandallar tomonidan vayron qilingan va talafot yetkazilgan Shushadagi barcha tarixiy obidalar restavratsiya qilingan.
Loyiha Haydar Aliyev fondi va Pasha Holding tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda.





