Si Jinping o‘n yil deganda ilk bor AQSHga boradi

Bugun 20:451 daqiqa

Pekinda bo‘lib o‘tgan davlat ziyofatida Tramp Xitoy rahbari sharafiga nutq so‘zlab, uni Oq uyga taklif qildi.

Si Jinping o‘n yil deganda ilk bor AQSHga boradi

Xitoy rahbari Si Jinping sentabr oyida AQSHga davlat tashrifini amalga oshirishi kutilmoqda. Ikki yirik davlat o‘rtasidagi raqobat kuchayib borayotgan bir paytda, tomonlar munosabatlarda barqarorlikka erishish yo‘llarini izlamoqda. Bu haqda «South China Morning Post» nashri xabar berdi.

AQSH Prezidenti Donald Tramp Pekinda Si Jinping bilan o‘tkazilgan sammitdan so‘ng jurnalistlarga bergan intervyusida yil oxirigacha ikki davlat yetakchilari yana uch marta uchrashishi mumkin ekanini ma’lum qildi. Trampning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy rahbari uni noyabr oyida Shenjenda bo‘lib o‘tadigan Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi (ATES) sammitida ishtirok etishga taklif qilgan.

«Men u yerda bo‘lishga harakat qilaman», — dedi AQSH Prezidenti. Shuningdek, Tramp Si Jinpingning dekabr oyida Mayamida o‘tadigan G20 sammitiga kelishini xohlashini qo‘shimcha qildi.

Kecha, 15-may kuni Pekinda bo‘lib o‘tgan davlat ziyofatida Tramp Xitoy rahbari sharafiga nutq so‘zlab, uni Oq uyga taklif qildi. Kutilayotgan tashrif 24-sentabr kuni yuz berishi mumkin. Agar bu amalga oshsa, Xitoy yetakchisining 2015 yil sentabridan beri AQSHga ilk davlat tashrifi bo‘ladi.

Teglar

Mavzuga oid