Si Jinping Turkmanistonga kelish taklifini qabul qildi

Bugun 17:402 daqiqa

Xitoy rahbari Si Jinping Turkmaniston bilan har tomonlama strategik sheriklikni yuqori baholab, yaqin vaqtda tashrif amalga oshishi mumkinligini bildirdi.

Si Jinping Turkmanistonga kelish taklifini qabul qildi © Foto: Xinhua

Turkmaniston prezidenti Serdar Berdыmuxamedov Xitoy raisi Si Jinpingga Turkmanistonga rasmiy tashrif bilan kelish uchun taklif yo‘lladi. Bu haqda kecha, 20-may kuni TDX davlat axborot agentligi xabar berdi

Ma’lum qilinishicha, bu tashabbus turkman-xitoy munosabatlarida istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlariga yangi turtki berishi va ikki davlat aloqalari tarixida yangi sahifa ochishi mumkin.

O‘z navbatida, Si Jinping taklifni qabul qilib, javob maktubini yuborgan. Unda u Xitoy va Turkmaniston o‘rtasidagi har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yuqori baholashini ta’kidlab, yaqin ishchi aloqalarni davom ettirishga tayyorligini bildirgan.

«Sizning taklifingiz uchun minnatdorlik bildiraman va ikki tomon uchun qulay vaqtda Turkmanistonga tashrif buyurishga tayyorman. Bu masala bo‘yicha ikki davlat tashqi ishlar vazirliklari yaqin hamkorlikda ish olib borishi mumkin», – deyiladi xabarda.

Shuningdek, Xitoy tomoni ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni barcha sohalarda chuqurlashtirishni qo‘llab-quvvatlashi, Xitoy–Turkmaniston hamkorlik qo‘mitasi esa takliflarni o‘rganib, tegishli shart-sharoitlar yaratilganda ularni amalga oshirishi qayd etilgan.
 
Turkmaniston: Tayvan Xitoyning ajralmas qismi

19-may kuni Turkmaniston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati bayonot e’lon qilib, Turkmaniston yana bir bor Xitoy Xalq Respublikasi hukumati butun Xitoyni vakil qiluvchi yagona qonuniy hukumat ekanini tasdiqlashi, Tayvan esa Xitoy hududining ajralmas qismi hisoblanishini bildirgandi.

«OAV uchun ma’lumot»da qayd etilishicha, Turkmaniston «yagona Xitoy» siyosatiga qat’iy amal qiladi, Tayvan mustaqilligining har qanday shakliga qarshi chiqadi, Tayvan bo‘g‘ozi ikki tomoni o‘rtasidagi munosabatlarning tinch rivojlanishini qo‘llab-quvvatlaydi hamda Xitoy hukumati tomonidan mamlakatni birlashtirish bo‘yicha barcha sa’y-harakatlarni ma’qullaydi.

Teglar

Mavzuga oid