add

SI va energiya: AQSH–Xitoy o‘rtasida yangi geosiyosiy urush boshlandi

Bugun 09:183072 Daqiqa

Texnologiya va energiya sohalari AQSH hamda Xitoy o‘rtasidagi yangi global raqobatning markaziga aylandi. Sun’iy intellekt va elektr toki — yangi qurol.

SI va energiya: AQSH–Xitoy o‘rtasida yangi geosiyosiy urush boshlandi

Iqtisodiy va geosiyosiy kuch uchun kurash dunyoda yangi bosqichga o‘tdi: raketa va harbiy texnika o‘rnini endi sun’iy intellekt (SI) va energiya egallamoqda. Investing nashri ma’lumotiga ko‘ra, Wells Fargo Securities tahlilida SI «AQSH va Xitoy o‘rtasidagi global ta’sir uchun markaziy front» sifatida ko‘rsatilgan.

Amerikalik tahlilchilarning ta’kidlashicha, endigi kurash raketa emas, chiplar, tok va ishlab chiqarishdagi tanqislikni boshqarish ustida bo‘ladi. Bu jarayon AQSHda CHIPS Act qonuni orqali ilgari surilmoqda — Intel kompaniyasiga ajratilgan 8,9 mlrd dollar kabi investitsiyalar orqali ichki chip ishlab chiqarish va strategik minerallarga bog‘liqlikni kamaytirish ko‘zlangan.

SI rivojiga cheklovlar ham bor: AQSHda elektr energiyasi yetishmasligi asosiy to‘siqqa aylangan bo‘lsa, Xitoyda esa GPU — grafik protsessorlar yetmayapti. Vashington bu muammolarni strategik avtonomiya bilan hal qilmoqchi — xususan, Xitoy va Tayvan ishtirokidagi ehtimoliy mojarolarning oldini olishni maqsad qilgan.

Bu jarayonda energetika ham geosiyosiy muhim ahamiyat kasb etmoqda. Xalqaro energetika agentligi (IEA) ma’lumoticha, data-markazlar uchun elektr energiyasiga talab 2030 yilgacha ikki barobarga, hatto uch barobarga oshib ketishi mumkin.

AQSHda tabiiy gaz va atom energetikasi data-markazlar uchun asosiy manba sifatida ko‘rilmoqda. Bu sohaga talabning oshishi bilan 2025 yilda texnologik gigantlar SI data-markazlari uchun elektr energiyasini «bronlab qo‘yish» bo‘yicha shoshilinch shartnomalar tuzmoqda. Ayrim hollarda, kriptovalyuta mayning kompaniyalari bilan ham kelishuvlar amalga oshirilmoqda.

Energetika nafaqat sanoat, balki diplomatiya sohasida ham muhim o‘rin tuta boshladi. Yaqinda AQSH va Yaponiya o‘rtasida tuzilgan savdo kelishuvida Yaponiya AQSHdagi SI sanoati uchun elektr infratuzilmasini modernizatsiya qilishga asosiy sarmoya yo‘naltirishini ma’lum qildi.

Wells Fargo bu texnologik raqobatni Sovuq urush davridagi kosmik poygaga qiyoslaydi. Hozirda davlat tomonidan fanga ajratilayotgan mablag‘lar YAIMning 0,14 foizini tashkil etsa, sovuq urush davrida bu ko‘rsatkich 0,8 foiz bo‘lgan. Ammo bugun SI va energetika sanoati bevosita geosiyosiy ta’sirni shakllantirayotgan asosiy ustuvorliklarga aylanmoqda.

Teglar

Mavzuga oid

SI va energiya: AQSH–Xitoy o‘rtasida yangi geosiyosiy urush boshlandi | Vaqt.uz