Logo

«Sigirga ham «ZAGS» qog‘oz olamizmi?» — 6-avgustdan kuchga kiradigan yangi qonun va chorva yetishtiruvchilar xavotiri | Fikr vaqti

Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda chorva mollarini identifikatsiya qilish va hisobga olishning yangi tartibi yuzasidan tarqalgan xabarlar jamoatchilik o‘rtasida turli muhokama va munozaralarga sabab bo‘lmoqda.

O‘zbekistonda shu yil 6-avgustdan «Hayvonlarni identifikatsiya qilish, ro‘yxatga olish va kuzatish to‘g‘risida»gi yangi qonun kuchga kiradi. Unga ko‘ra, mamlakatdagi chorva va uy hayvonlariga yagona identifikatsiya raqami berilib, ularni belgilangan muddatlarda elektron ro‘yxatga olish hamda «fermadan dasturxongacha» bo‘lgan oziq-ovqat xavfsizligi tizimini joriy etish majburiy etib belgilanmoqda.

Bu o‘zgarishlar o‘z navbatida jamiyatda turli xavotir va muhokamalarni keltirib chiqardi. Tarmoqlarda hatto «endi hovlimdagi sigirimga ham FHDY guvohnomasi olamanmi?», «mol o‘lib qolsa, o‘lim haqida hujjat to‘g‘rilatamanmi?» kabi savol va xavotirli munosabatlarni ko‘plab uchratish mumkin.

Xo‘sh, yangi tartib chindan ham chorva hayvonlarining «zags»dan o‘tishini talab qiladimi yoki odamlar o‘lgan hayvoni uchun ham o‘lim guvohnomasi to‘g‘rilatishi kerakmi? «Fikr vaqti»ning navbatdagi sonida Hayvonlarni identifikatsiya qilish va kuzatish markazi bo‘lim boshlig‘i G‘ayrat Qo‘ziboyev bilan yangi tartibning eng muhim jihatlari haqida suhbatlashdik.

Teglar

Ilyos Safarov

Ilyos SafarovMaqolalar soni: 127

Barchasi

Mavzuga oid