add

Singapur Isroilga qarshi sanksiyalar joriy etmoqda

23.09.2025 | 15:505874

Mamlakat rahbariyati Falastin davlatini tan olishga tayyorligini bildirib, g‘ayriqonuniy posyolkalarga qarshi sanksiyalarni e’lon qildi.

Singapur Isroilga qarshi sanksiyalar joriy etmoqda
Singapur tashqi ishlar vaziri Vivian Balakrishnan parlamentdagi chiqishida mamlakat rasmiylari g‘ayriqonuniy izroillik posyolka rahbarlariga qarshi yo‘naltirilgan sanksiyalar joriy etishini ma’lum qildi. Shu bilan birga, u Singapur Falastin davlatini tegishli sharoitlar mavjud bo‘lganida rasman tan olishga tayyorligini tasdiqladi. Vazirning ta’kidlashicha, mamlakat G‘arbiy sohilda yangi manzilgohlar qurilishi va kengaytirilishiga keskin qarshidir. U mashhur E1 loyihasini Falastin yerlarining hududiy yaxlitligi va tinchlik jarayoniga tahdid, deb atadi. «Isroil hukumatini posyolka qurilishi va kengaytirilishini to‘xtatishga chaqiramiz. Yangi voqeliklar yaratish urinishlari ikki davlat yechimini yo‘qqa chiqaradi», — dedi Balakrishnan. U sanksiyalar tafsilotlari keyinroq e’lon qilinishi haqida ham ma’lum qildi. Falastin davlatini tan olish masalasiga to‘xtalar ekan, vazir bu faqat vaqt masalasi ekanini qayd etdi: «Bu «qachon» degan savol, aslo «hech qachon» degani emas. Lekin zarur shartlar — samarali Falastin hukumati va Isroilning mavjudligini tan olishdir». Ayni paytda Singapur Osiyo qit’asida Falastin davlatini tan olmagan kam sonli davlatlardan biridir. Balakrishnanga ko‘ra, muammoni hal qilishning yagona yo‘li — ikki davlat yechimi. «Faqat muzokaralar orqali Isroil va Falastin bir-birining yonida tinchlik va xavfsizlikda yashashi mumkin», — dedi u. Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Singapur BMTda Falastin davlatchiligini tan olishga qaratilgan bir qator rezolyutsiyalar uchun ovoz bergan edi. Bu mamlakatning pozitsiyasi o‘zgarayotganidan va okkupatsiya qilingan hududlardagi izroillik zo‘ravonlikka nisbatan xalqaro norozilikning ortib borayotganidan dalolat beradi.

Teglar

Mavzuga oid