add

Sirdaryoda 2026-yilda «Sultonhovuz» suv ombori qurilishi boshlanadi

Bugun 19:581121 daqiqa

Yangi suv ombori 110 ming gektar yerning sug‘orilishini ta’minlab, hududda yiliga ikki marotaba hosil yetishtirish imkonini kengaytirishi kutilmoqda.

Sirdaryoda 2026-yilda «Sultonhovuz» suv ombori qurilishi boshlanadi

Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida 2026 yildan «Sultonhovuz» suv ombori qurilishi boshlanadi. Mazkur loyiha prezident ishtirokida o‘tkazilgan xalq deputatlari kengashi majlisida e’lon qilindi. Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, ombor qurilishining asosiy maqsadi — hududlardagi sug‘oriladigan yerlarni barqaror suv bilan ta’minlash va qishloq xo‘jaligi hosildorligini oshirishdir.

Loyihaga ko‘ra, 100 million kub metr sig‘imga ega bo‘ladigan «Sultonhovuz» suv ombori Boyovut, Guliston, Sayxunobod, Sirdaryo va Mirzaobod tumanlaridagi 110 ming gektar maydonni qamrab oladi. Ombor orqali ushbu yerlarda yiliga ikki marotaba hosil olish imkoniyati yaratilishi kutilmoqda.

Yig‘ilishda, shuningdek, yerlarning melmorativ holatini yaxshilash masalasi ham ko‘rib chiqildi. Viloyatdagi 16 ming kilometr zovurlarni bosqichma-bosqich tozalash vazifasi qo‘yildi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, hududdagi qariyb 200 ming gektar yer kuchli va o‘rta darajada sho‘rlangan bo‘lib, ularni sog‘lomlashtirish maqsadida Sirdaryoda pilot loyiha amalga oshiriladi. Loyiha natijalari asosida keyinchalik uch yillik kompleks dastur ishlab chiqiladi.

Prezident mutasaddilarga suv resurslaridan samarali foydalanish va suv hisobini to‘g‘ri yuritish bo‘yicha Sirdaryoni namunali hududga aylantirish zarurligini ta’kidladi.

Teglar

Mavzuga oid