add

Sirdaryoda ovqatlanish shoxobchasidagi portlash ortidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

03.12.2025 | 13:105761 daqiqa

Gaz portlashi oqibatida 3 kishi halok bo‘lgan.

Sirdaryoda ovqatlanish shoxobchasidagi portlash ortidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

2-dekabr kuni soat 10:49 da Sirdaryo viloyati Taraqqiyot mahallasi hududida joylashgan MCHJga tegishli ovqatlanish shoxobchasining oshxonasida gaz balloni portlagani ma’lum qilindi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi. Dastlab viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi hodisa oqibatida vafot etganlar yo‘qligini bildirgan.

Keyinroq 3-dekabr 12:51 da Sog‘liqni saqlash vazirligi halok bo‘lganlar borligini rasman tasdiqladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘ta og‘ir qabul qilingan bemorlardan 3 nafari vafot etgan. Hozirgi paytda shifoxonaga yotqizilgan 1 nafar bemorning ahvoli o‘ta og‘ir bo‘lib, u sun’iy nafas olish apparatida qolmoqda.

«Hodisa oqibatida 29 nafar fuqaro turli darajadagi kuyish va tan jarohatlari olgan. Sh 26 nafari Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Sirdaryo viloyati filialiga yotqizilgan, 3 nafarining ahvoli qoniqarli bo‘lgani bois ambulator yordam ko‘rsatilib, uyiga javob berilgan», — deyiladi xabarda.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 257-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tekshiruv doirasida bir nafar shaxs protsessual tartibda qamoqqa olingani ma’lum qilindi. Holat yuzasidar tergov harakatlari olib borilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid