
Sirdaryoda prokuror o‘rinbosari 10 ming dollar pora bilan ushlandi
09.07.2025 | 21:409572
Sirdaryo viloyati Guliston shahar prokurori o‘rinbosari 10 ming dollar pora bilan olayotganda ushlandi. Unga nisbatan «qamoq» ehtiyot chorasi qo‘llangan. Bu haqda DXX xabar berdi.

Qayd etilishicha, Sirdaryo viloyatida Guliston shahar prokurori o‘rinbosari o‘z xizmat mavqeidan foydalanib, Boyovut tumanida qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat yurituvchi MCHJ rahbariga nisbatan Boyovut tumani IIB Tergov guruhi ish yurituvidagi Jinoyat Kodeksining 168- va 167-moddalari bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llamaslik hamda keyinchalik ishni gumonlanuvchi foydasiga hal qilib berish evaziga 10 ming AQSH dollari miqdorida pora so‘ragan.
Davlat havfsizlik xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda qonun himoyachisi talab qilingan pul mablag‘ini o‘z xizmat xonasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Xabarga ko‘ra, hozirda prokuror o‘rinbosariga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168 va 28,211-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
«Holat yuzasidan mazkur mansabdor shaxsga nisbatan «qamoq»” ehtiyot chorasi qo‘llanilib, tergov harakatlari olib borilmoqda», - deyiladi xabarda.





