
Smartfonlar uzoqroq xizmat qilishi uchun nimalarga e’tibor berish kerak?
Mutaxassislar fikricha, smartfon ishlashining tez sekinlashishi qurilma sifati bilan bog‘liq emas, balki undan noto‘g‘ri foydalanishning natijasi hisoblanadi. Oddiy, ammo samarali qoidalar, uning «umrini» yana kamida ikki yilga uzaytirishi mumkin.

Smartfonlar kundalik hayotning ajralmas qismiga aylangan bir paytda, har yili yangi modellarni sotib olishga hammaning ham imkoniyati yetmaydi. Yangi olgan smartfoningizning ham tez ishdan chiqishi yoki ishlashining sekinlashishi sizni bezovta qilib qo‘yishi aniq. Ammo to‘g‘ri foydalanish orqali qurilmangiz umrini yana kamida 2 yilga oshirish mumkin. Buning uchun texnik bilimga ega bo‘lish shart emas — kundalik oddiy odatlar ham smartfon umrini sezilarli ravishda uzaytira oladi.
Eng muhim qadamlardan biri — to‘g‘ri quvvatlantirish odatlariga amal qilish. Batareya quvvatini 20–80 foiz oralig‘ida ushlash, kechqurunlari quvvatlantirishga qo‘yib qo‘ymaslik tez eskirishining oldini oladi.
Sifatsiz quvvatlagichlardan foydalanish batareyaga jiddiy zarar yetkazishi mumkin. Arzon adapterlar tokni beqaror berib, batareyani asta-sekin ishdan chiqaradi. Sertifikatlangan yoki original quvvatlagichlardan foydalanish esa qurilmaning xavfsiz ishlashini ta’minlaydi. Avtomobilda quvvatlantirish chastotalarning tez o‘zgarishi ham batareya uchun qo‘shimcha yuk bo‘lishi mumkin. Wi-Fi tarmog‘idan foydalanish mobil internetga nisbatan kamroq energiya sarflaydi.
Qurilmani qizdirib yubormaslik ham juda muhim. To‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh nuri, issiq muhit yoki quvvatlanish paytida og‘ir o‘yinlar smartfon komponentlarining tez ishdan chiqishiga olib kelishi mumkin. Shu bilan birga, havo aylanishiga imkon beradigan g‘iloflardan foydalanish tavsiya etiladi.
Xotirani tozalash smartfon tezligini sezilarli oshiradi. Keraksiz ilova va fayllarni o‘chirish, media materiallarni bulut saqlovchiga ko‘chirish, brauzer keshini tozalash qurilma ishlashini yengillashtiradi. Ushbu yo‘nalishdagi 2025 yilgi so‘rovnoma o‘rtacha foydalanuvchida yuzdan ortiq ilova borligini, ammo shularning atigi 15 tasi muntazam ishlatilishini ko‘rsatgan. Xotiraning to‘lib qolishi esa qurilma tezligini pasaytirishi mumkin.
Yangilanishlarni o‘z vaqtida o‘rnatish ham muhim hisoblanadi. Bu orqali xavfsizlik yangilanadi, batareya tejaladi va dasturiy ta’minot barqaror ishlaydi. Qurilmani haftasiga bir marta qayta ishga tushirish ham tizimni tozalashga yordam beradi.
Jismoniy zarbalar smartfon umrini eng tez qisqartiradi. Mustahkam qoplama, ekran muhofazasi va doimiy tozalash qurilmani saqlashda katta ahamiyatga ega.
Shuningdek, orqa fonda ishlaydigan ilovalar batareya quvvatini yashirin ravishda tezroq sarflaydi. Ular faoliyatini cheklash, avto-yangilanishni o‘chirish va keraksiz vazifalarni tozalash batareya umrini uzaytiradi.
Wi-Fi tarmog‘idan foydalanish mobil internetga nisbatan kamroq energiya sarflaydi. Xotiraning to‘lib qolishi esa qurilma tezligini pasaytirishi mumkin.
Xulosa qilib aytganda, smartfonni ikki yil va undan ortiq muddat «yangidek» holda ishlatish uchun qimmat ta’mir yoki maxsus bilim talab etilmaydi — asosiysi, har kunlik to‘g‘ri foydalanish odatlariga amal qilishdir.





