add

Soliq imtiyozlari: parrandachilik va bolalar oromgohlari qo‘llab-quvvatlanadi

19.05.2025 | 10:1522662

O‘zbekistonda yangi qabul qilingan Qonunga muvofiq, ayrim tadbirkorlik sub’ektlari uchun soliq imtiyozlari joriy etildi. Bu boradagi qonun 2025 yil 16 mayda tasdiqlandi.

Soliq imtiyozlari: parrandachilik va bolalar oromgohlari qo‘llab-quvvatlanadi
Jumladan, 2030 yil 1 yanvargacha parrandachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘idan ozod qilindi. Bu chora agrosanoat sohasida faoliyat yuritayotgan bizneslarga soliq yukini yengillashtirishga qaratilgan. Shuningdek, 2027 yil 1 yanvargacha O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi tizimidagi statsionar bolalar oromgohlari uchun qator imtiyozlar beriladi. Ular ijaradan olinadigan daromadlari bo‘yicha foyda solig‘i, ijaradagi bino va yer uchastkalari bo‘yicha mol-mulk hamda yer solig‘idan ozod etiladi. Yana bir yangilik sifatida, pivo va tamaki mahsulotlari bilan chakana savdo qiluvchi tadbirkorlar uchun maxsus yig‘im joriy etildi. Bu yig‘imni to‘lash uchun tadbirkorlar vakolatli organ tomonidan berilgan tasdiqnomaga ega bo‘lishlari shart. Mazkur Qonun rasman e’lon qilingan kundan boshlab amal qiladi.

Teglar

Mavzuga oid

Soliq imtiyozlari: parrandachilik va bolalar oromgohlari qo‘llab-quvvatlanadi | Vaqt.uz