add

Soliq nizolarini hal qilish bo‘yicha ekspert kengashi tuziladi

14.07.2025 | 12:3040172

Prezidentning yangi qaroriga ko‘ra, tadbirkorlar va soliq organlari o‘rtasidagi nizolarni sudgacha hal etish maqsadida ekspertlar kengashi tashkil etiladi. Bu orqali nizolarni hal qilishdagi vaqt va xarajatlar kamaytirilishi ko‘zda tutilmoqda.

Soliq nizolarini hal qilish bo‘yicha ekspert kengashi tuziladi
2025 yil 11 iyul kuni Prezidentning «Soliqqa oid nizolarni sudgacha hal qilish mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ–223-son qarori qabul qilindi. Qarorga muvofiq, Soliqqa oid nizolar bo‘yicha ekspert kengashi tashkil etilishi belgilandi. Ushbu kengash Savdo-sanoat palatasi huzurida faoliyat yuritib, uning tarkibiga soliq, iqtisodiyot, moliya va huquq sohalaridagi mutaxassislar kiradi. Kengashning asosiy vazifasi tadbirkorlar va soliq organlari o‘rtasida yuzaga kelgan nizolarni sudgacha hal etishda samarali vosita sifatida faoliyat ko‘rsatishdan iborat. Kengash oyiga kamida ikki marta yig‘ilish o‘tkazib, tadbirkorlarning soliq organlari qarorlaridan norozilik bildirgan murojaatlarini ko‘rib chiqadi. Ammo bu faqat sudda yoki jinoyat ishi doirasida ko‘rilmayotgan holatlarga taalluqli bo‘ladi. Kengash chiqargan xulosalar majburiy tartibda tegishli organlarga yuboriladi va murojaat etgan tadbirkorga bu haqda ma’lum qilinadi. Bu chora soliq yurituvida shaffoflikni oshirish va tadbirkorlarning huquqiy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan.

Teglar

Mavzuga oid

Soliq nizolarini hal qilish bo‘yicha ekspert kengashi tuziladi | Vaqt.uz