add

Soliq organlari tadbirkorlarning bankdagi hisobvaraqlarini sudsiz to‘xtatish imkoniga ega bo‘ladi

15.07.2025 | 12:2033803

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish, hisobvaraq to‘silishini yengillashtirish va byurokratik to‘siqlarni kamaytirishga qaratilgan qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilindi. Yangi tartibda sud qarorisiz ham hisobvaraqlar vaqtincha to‘xtatilishi mumkin bo‘ladi.

Soliq organlari tadbirkorlarning bankdagi hisobvaraqlarini sudsiz to‘xtatish imkoniga ega bo‘ladi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida tadbirkorlik sohasidagi huquqiy normalarga doir muhim qonun loyihasi ko‘rib chiqildi. Unga ko‘ra, «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi loyiha deputatlar tomonidan ikkinchi o‘qishda ma’qullandi. Qonun loyihasi soliq to‘lovchilar — tadbirkorlar huquqlarini kafolatlash, huquqbuzarlik hollarida operatsiyalarni sun’iy ravishda to‘xtatib qo‘ymaslikni ta’minlashga qaratilgan. Deputatlar muhokamasi jarayonida ayni paytdagi tartibda sud qarorisiz hisobvaraqlar to‘xtatilmasligi sabab tadbirkorlar qator moddiy yo‘qotishlarga duch kelayotgani ta’kidlandi. Yangi hujjatga asosan, agar soliqqa oid huquqbuzarlik aniqlansa va tadbirkor buni tan olsa, hisobvaraq operatsiyalarini sudsiz, faqat soliq organi qarori asosida to‘xtatish imkoni yaratiladi. Shuningdek, tadbirkor buzilishni bartaraf etgan taqdirda, soliq organi qarorni darhol bekor qilishi shart qilib belgilangan. Loyiha bilan Iqtisodiy protsessual kodeks va Soliq kodeksiga o‘zgartirishlar kiritilishi nazarda tutilmoqda. Ushbu tashabbus milliy qonunchilikni xalqaro amaliyotga yaqinlashtirish, tadbirkorlik faoliyatiga asossiz to‘siqlarni kamaytirish va huquqni himoya qilish mexanizmlarini kuchaytirishni maqsad qiladi.

Teglar

Mavzuga oid