So‘m mustahkamlanishi tashqi qarz xarajatini tejashga xizmat qildi

Kecha 22:501 daqiqa

2025 yilda milliy valuta 6,9 foizga mustahkamlanib, tashqi qarzga xizmat ko‘rsatish xarajatlari 6–7 foizga qisqardi.

So‘m mustahkamlanishi tashqi qarz xarajatini tejashga xizmat qildi © Foto: spot.uz

2025 yil yakunlariga ko‘ra, so‘mning mustahkamlanishi davlat va korporativ tashqi qarzga xizmat ko‘rsatish xarajatlarini o‘rtacha 6–7 foizga kamaytirdi. Bu haqda Markaziy bankning ichki valuta bozori bo‘yicha sharhida ma’lum keltirilgan.

Hisobotga ko‘ra, yil boshidan milliy valuta almashuv kursi 6,9 foizga mustahkamlangan. Valuta taklifi eksport tushumlari, xorijiy kreditlar va xalqaro pul o‘tkazmalari hisobidan sezilarli oshgan. Xususan, 2025 yilda mamlakatga 18,9 mlrd dollar miqdorida pul o‘tkazmalari kirib kelgan.

Yuridik shaxslar tomonidan valuta taklifi 36 foizga o‘sgan bo‘lsa, talab 24 foizga oshgan. Eksport tushumlari 18 mlrd dollarni tashkil etib, uning 40 foizi ichki bozorda sotilgan. Shuningdek, banklar tomonidan 9,7 mlrd dollar xorijiy kreditlar hisobidan valuta sotilgan.

Aholi tomonidan banklarga 21,7 mlrd dollar sotilib, jismoniy shaxslar operatsiyalarining ijobiy saldosi 9,7 mlrd dollarni tashkil etgan. Bu ichki bozorda qo‘shimcha valuta taklifini shakllantirgan.

Qayd etilishicha, so‘mning mustahkamlanishi milliy valutaga ishonchni kuchaytirdi. Milliy valutadagi depozitlar hajmi yil boshidan 44 foizga o‘sib, 240 trln so‘mga yetdi. Shuningdek, kredit va depozitlar dollarlashuvi pasaydi, inflyatsion kutilmalar sekinlashdi.

Teglar

Mavzuga oid