
Somalining O‘zbekistondagi birinchi elchisi tayinlandi
Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Somali Federativ Respublikasining O‘zbekistondagi birinchi elchisining ishonch yorliqlarini qabul qildi.

27-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Somali Federativ Respublikasining mamlakatimizdagi ilk elchisi Fatxuddin Ali Mohamedni qabul qildi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Uchrashuvda elchining ishonch yorliqlari rasman topshirildi. Bu tarixiy voqea ikki davlat o‘rtasidagi diplomatik munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqishi bilan ahamiyatli hisoblanadi.
Tadbir chog‘ida mamlakatlar o‘rtasidagi ko‘plab istiqbolli yo‘nalishlarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlashga sodiqligimizni bildirildi.
«Elchining muhim diplomatik missiyasida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz hamda samarali va natijaga yo‘naltirilgan hamkorlikni birgalikda rivojlantiramiz», — deydi Baxtiyor Saidov.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda Bangladeshga yangi elchi tayinlanganligi haqida xabar berilgan edi.





