add

SSP tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazishni davom ettirmoqda

17.07.2025 | 15:1528792

Savdo-sanoat palatasi 17 iyul kuni Toshkentda qurilish sohasi vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkazadi. Bu tadbir Prezidentning biznes bilan muloqotiga tayyorgarlik doirasidagi faoliyatning bir qismi hisoblanadi.

SSP tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazishni davom ettirmoqda
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi 17 iyul kuni Toshkent shahrida qurilish sohasi vakillari bilan ochiq muloqot tashkil etmoqda. Tadbir soat 15:30 da Wyndham Tashkent mehmonxonasida bo‘lib o‘tadi. Unda biznes-ombudsman ofisi, SSP hamda bir qator mas’ul idoralar vakillari ishtirok etadi. Muloqot davomida tadbirkorlar duch kelayotgan muammo va to‘siqlar, ularni oldini olish hamda hal etish choralari muhokama qilinishi rejalashtirilgan. Shu orqali tadbirkorlar ovozi davlat idoralari va mas’ul tashkilotlarga yetib borishi ta’minlanadi. SSPning ma’lum qilishicha, mazkur tadbir Prezidentning biznes vakillari bilan an’anaviy ochiq muloqotiga tayyorgarlik doirasidagi tadbirlardan biri hisoblanadi. Bundan tashqari, 18 iyul kuni soat 9:30 da meva-sabzavot mahsulotlari eksportchilari, 15:30 da esa auditorlar, buxgalterlar va soliq maslahatchilari bilan alohida uchrashuvlar o‘tkaziladi. 19 iyul kuni soat 9:30 da to‘qimachilik sanoati vakillari bilan muloqot tashkil etiladi. Barcha tadbirlar bir xil manzilda — Wyndham Tashkent mehmonxonasida bo‘lib o‘tadi.

Teglar

Mavzuga oid