add

«Starlink» cheklovi Rossiya qo‘shinlari hujumini sekinlashtirgani rostmi?

Bugun 18:572 daqiqa

Ilon Mask kompaniyasi cheklovlaridan keyin Ukrainada Rossiya qo‘shinlari hujum sur’ati pasaygani haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi.

«Starlink» cheklovi Rossiya qo‘shinlari hujumini sekinlashtirgani rostmi?

Ukrainada Rossiya armiyasining hujum sur’ati «Starlink» terminallariga kirish cheklanganidan keyin ayrim yo‘nalishlarda sekinlashgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda «Politico» nashri ukrainalik harbiy manbaga tayanib xabar qilmoqda.

Manbaga ko‘ra, bunday tendensiya frontning alohida uchastkalarida qayd etilmoqda, ammo hozircha yakuniy xulosalar chiqarish erta.

«Kuzatuvni davom ettirish kerak, bu holat saqlanib qoladimi yoki boshqa omillar paydo bo‘ladimi, aniqlash lozim», — degan u.

Ma’lum qilinishicha, tekshiruv jarayonida nafaqat Rossiya bo‘linmalari foydalangan qurilmalar, balki ro‘yxatdan o‘tkazilmagan ayrim ukrain harbiy tarmoqlar ham vaqtincha o‘chirilgan. Ularni rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni hozir davom etmoqda.

Frontga ta’sir

Nashr suhbatdoshlarining aytishicha, Rossiya qo‘shinlari hozir aloqa va boshqaruvda jiddiy muammolarga duch kelgan. Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabidagi manbalardan biri Rossiya bo‘linmalarini «ko‘zi bog‘langan holatda qolgan» deb ta’riflagan.

«Starlink» aloqasi frontda dronlardan foydalanish, razvedka ma’lumotlarini uzatish va bo‘linmalar o‘rtasida muvofiqlashuv uchun muhim hisoblanadi. Ushbu tizimga kirish cheklanishi Rossiya qo‘shinlarining harakatini sekinlashtirgani haqida xabarlar ko‘paymoqda.

Ukrainalik manbalarning ta’kidlashicha, hozirgi vaziyat taktik darajada sezilarli bo‘lishi mumkin, ammo strategik ta’sirni baholash uchun vaqt talab etiladi.

Tekshiruv sabablari

Bu hafta Ukraina Mudofaa vazirligi «SpaceX» bilan hamkorlikda «Starlink» terminallarini keng ko‘lamda tekshirishni boshladi. Rossiya qo‘shinlari sun’iy yo‘ldosh aloqasidan noqonuniy foydalanib, Ukraina energetika infratuzilmasiga dron hujumlarini amalga oshirgani haqidagi ma’lumotlar bunga sabab sifatida ko‘rsatilmoqda.

Ilon Mask kompaniyasi ushbu signallardan so‘ng texnik choralar ko‘rilganini bildirgan edi. Hozirgi holatda tekshiruv natijalari frontdagi vaziyatga qanday ta’sir ko‘rsatishi asosiy kuzatuv mavzusiga aylangan.

Teglar

Mavzuga oid