add

Starship'ning to‘qqizinchi sinov parvozi muvaffaqiyatsiz yakunlandi

28.05.2025 | 14:1513613

SpaceX kompaniyasining Starship raketa tizimi to‘qqizinchi marta sinovdan o‘tkazildi, ammo uchishdan yarim soat o‘tib, nazorat yo‘qoldi va raketa Hind okeani ustidan yonib ketdi.

Starship'ning to‘qqizinchi sinov parvozi muvaffaqiyatsiz yakunlandi
Amerikadagi SpaceX kompaniyasi ishlab chiqqan Starship raketa tizimining to‘qqizinchi sinov parvozi ham omadsizlik bilan yakunlandi. Kompaniya ijtimoiy tarmoqdagi bayonotida bu voqeani «tezkor, rejalanmagan parchalanish» deb atadi va sinov natijalarini o‘rganish davom etayotganini ma’lum qildi. Raketa 28 may kuni Texas shtatida joylashgan Starbase kosmodromidan Toshkent vaqti bilan soat 04:36 da uchirildi. Ammo parvoz boshlanganidan taxminan yarim soat o‘tib, Starship'ning ikkinchi bosqichi ustidan nazorat butunlay yo‘qoldi. Natijada raketa Yer atmosferasiga nazoratsiz tarzda kirdi va Indiy okeani ustidan yondi. SpaceX texnik mutaxassislari bu halokatga yonilg‘i tizimidagi ehtimoliy sochishlar sabab bo‘lganini taxmin qilmoqda. Shu paytga qadar Starship raketa tizimi sakkiz marta sinovdan o‘tkazilgan bo‘lib, ulardan to‘rttasi portlash bilan tugagan. Ushbu sinov esa beshinchi marotaba muvaffaqiyatsiz yakunlangan parvoz sifatida qayd etildi. SpaceX tomonidan bildirilishicha, loyiha juda katta salohiyatga ega bo‘lib, kompaniya sinovlarni to‘xtatmaydi va har bir muvaffaqiyatsiz sinashdan muhim tajribalar olinayotganini ta’kidlamoqda.

Teglar

Mavzuga oid