add

Sudyalar umrbod lavozimida qolish mumkin bo‘ldi

Bugun 09:362941 Daqiqa

Prezident farmoniga muvofiq sudyalar dastlab 5 yillik sinov davriga tayinlanadi, sinovdan o‘tganlar esa muddatsiz faoliyatni davom ettiradi.

Sudyalar umrbod lavozimida qolish mumkin bo‘ldi

Sudyalar endilikda dastlab 5 yil, keyinchalik muddatsiz davrga saylanadi. Bu haqda Prezidentning 24-noyabr kuni e’lon qilingan farmonida keltirilgan.

Farmonga ko‘ra, sudyalarni navbatdagi 10 yillik muddatga tayinlash (saylash) tartibi bekor qilinadi.

Sudyalik lavozimlariga nomzodlarni dastlab 5 yil muddatga, keyinchalik muddatsiz davrga tayinlash (saylash) tartibi belgilanadi.

Tumanlararo, tuman, shahar sudlari raislari va ularning o‘rinbosarlari lavozimlariga nomzodlarni aniq mezonlarga ko‘ra sudyalar orasida ochiq tanlov asosida tanlash tartibi o‘rnatiladi.

Sudyaning kasbiy faoliyatini baholashda “halollik”, “kasbiy layoqatlilik” va “sudyalik odobi qoidalariga rioya etish” talablarining aniq mezonlari qonun darajasida belgilanadi.

Shuningdek, Sudyalar oliy kengashining doimiy asosda faoliyat yurituvchi sudyalari lavozimiga nomzodlar tegishli sud sudyalari malaka hay’atlari tomonidan tavsiya etiladi.

Bunda Kengashning doimiy asosda faoliyat yurituvchi sudyalari lavozimiga, qoida tariqasida, sudya sifatida kamida 7 yil ishlagan sudyalar nomzodi ko‘rsatilishi mumkin.

Teglar

Mavzuga oid

Sudyalar umrbod lavozimida qolish mumkin bo‘ldi | Vaqt.uz