add

Sun’iy intellekt ilk bor jarrohsiz operatsiya o‘tkazdi

10.07.2025 | 21:0046392

Tibbiyot hali bunaqasini ko‘rmagan. Sun’iy intellekt o‘t pufagini olib tashlash operatsiyasining murakkab bosqichini mustaqil ravishda bajardi.

Sun’iy intellekt ilk bor jarrohsiz operatsiya o‘tkazdi
Jons Xopkins universiteti olimlarining ma’lum qilishicha, jarrohlik sohasida katta yutuqqa erishildi: sun’iy intellekt boshqaradigan tajribaviy robot o‘t pufagini olib tashlash operatsiyasining murakkab bosqichini mustaqil ravishda bajargan. Bu haqda "Kommersant" nashrida xabar berildi. Ushbu murakkab jarrohlik amaliyotini robot inson aralashuvisiz birinchi marta amalga oshirgan. Jarrohlar boshqaradigan mavjud robotlardan farqli o‘laroq, yangi tizim real vaqt rejimida qaror qabul qilish uchun sun’iy intellektdan foydalanadi va operatsiya jarayonida kutilmagan asoratlarga moslasha oladi. Loyiha rahbari professor Aksel Krigerning ta’kidlashicha, qurilma bemorning o‘zgaruvchan anatomiyasi sharoitida ham inson qo‘li bilan taqqoslanadigan aniqlik va barqarorlikni namoyish etgan. Olimlarning aytishicha, bu yutuq oddiy operatsiyalarni avtomatlashtirish, shifokorlar ish yukini kamaytirish va yuqori texnologiyali jarrohlik yordamidan foydalanish imkoniyatini oshirishga yo‘l ochadi. Ishlab chiquvchilar ta’kidlashicha, texnologiya hozircha sinov bosqichida bo‘lib, ommaviy qo‘llashga tayyor emas, ammo rivojlanish uchun ulkan imkoniyatlar mavjud.

Teglar

Mavzuga oid