add

Sun’iy intellekt: noto‘g‘ri natijalar kompaniyalar uchun xavf tug‘dirmoqda

Kecha 17:381931 Daqiqa

SI imkoniyatlari kengaymoqda, lekin noto‘g‘ri natijalar, tushunarsiz algoritmlar va huquqiy muammolar kompaniyalar uchun jiddiy xavflar keltirib chiqarmoqda.

Sun’iy intellekt: noto‘g‘ri natijalar kompaniyalar uchun xavf tug‘dirmoqda

Sun’iy intellektni joriy etishga shoshilayotgan kompaniyalar foydadan tashqari, jiddiy xavflarga ham duch kelmoqda. Visual Capitalist ma’lumotiga ko‘ra, kompaniyalarning 50 foizidan ziyodi SI bilan bog‘liq kamida bitta salbiy oqibatga duch kelgan.

Eng ko‘p uchraydigan muammo — SI tomonidan berilayotgan noto‘g‘ri natijalar. Tadqiqotga ko‘ra, kompaniyalarning qariyb uchdan biri bunday xatolar oqibatida salbiy tajribaga duch kelgan.

Ikkinchi eng ko‘p qayd etilgan muammo — bu «tushunarlilik». Ya’ni, odamlarning SI algoritmlari qanday ishlashini tushuna olmasligi. Bu masala noto‘g‘ri natijalarga nisbatan ikki baravar kamroq kompaniyalarga ta’sir qilgan.

SI xatolariga duch kelgan kompaniyalar faqat texnik emas, balki strategik xatolar, operatsion samarasizlik va ishonch yo‘qotilishi kabi jiddiy muammolarni ham boshdan kechirmoqda. Xatolar tez-tez qaytarilishi kaskadli ta’sirga olib kelishi va zararni yanada oshirishi mumkin.

Harvard huquq maktabining ta’kidlashicha, SI bilan bog‘liq xatarlar ko‘pgina sug‘urta kompaniyalari tomonidan qoplanmasligi mumkin. Shu sababdan, ayrim rahbarlar an’anaviy D&O sug‘urta polislari doirasida himoyadan mahrum bo‘lishi mumkin.

Shu bilan birga, ba’zi kompaniyalar xatarlarni kamaytirish uchun harakat boshlagan. Jumladan, 54 foiz kompaniyalar SI orqali kelib chiqadigan xatolarni aniqlash va ularni kamaytirish ustida ish olib bormoqda. Mutaxassislar rahbarlarga jamoalarni SI natijalarini tekshirishga tayyorlashni va inson nazoratini ta’minlashni tavsiya qilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid