add

Sun’iy intellekt rivoji energetika uchun yangi muammolarni keltirib chiqarmoqda — OAV

07.07.2025 | 22:4048843

Sun’iy intellekt, bulutli texnologiyalar va mashinali o‘qitishning jadal rivojlanishi dunyo energetikasi oldiga yangi qiyinchiliklarni qo‘ymoqda.

Sun’iy intellekt rivoji energetika uchun yangi muammolarni keltirib chiqarmoqda — OAV
Politico nashrining o‘z manbasiga tayanib yozishicha, bu jarayon elektr energiyasi iste’molida keskin o‘sishga sabab bo‘lmoqda va data-markazlar 2030-yillarga borib eng tez o‘suvchi energiya iste’molchilaridan biriga aylanishi kutilmoqda. SI bilan ishlaydigan data-markazlar sutkalab uzluksiz ishlaydi va katta quvvat talab qiladi. Shuning uchun ularning jamlanishi elektr tarmoqlaridagi mavjud yuklamalarni yanada og‘irlashtirib, energetik muvozanat va SI infratuzilmasining rivoji uchun jiddiy xavf tug‘dirmoqda. Mutaxassislar bunday sharoitda barqaror rivojlanish uchun energetika va raqamli sohalardagi siyosatlarni uyg‘unlashtirish zarurligini qayd etmoqda. Xususan, BECCS texnologiyasi (bioenergiya ishlab chiqarishda uglerod qo‘shoksid gazini ushlab qolish va saqlash) qo‘llaniladigan manbalar yaqinida data-markazlar qurish istiqbolli yo‘nalish sifatida ko‘rilmoqda. Bunday loyihaning ilk namunasi Buyuk Britaniyada amalga oshirilmoqda va u dunyodagi birinchi manfiy uglerodli data-markazga aylanishi mumkin. Data-markazlarni elektrostansiyalar yaqinida joylashtirish tarmoq tizimini barqarorlashtirishi, energiya uzatishdagi yo‘qotishlarni kamaytirishi va yuklama yuqori bo‘lgan uzellarni yengillashtirishi mumkin. Shu bilan birga, bunday loyihalarni amalga oshirish uchun milliy tarmoqlar va xususiy iste’molchilarni bir vaqtda ta’minlashni taqiqlovchi me’yoriy cheklovlarni qayta ko‘rib chiqish talab etiladi. Tahlilchilarning xulosasiga ko‘ra, energetik va raqamli strategiyalarni uyg‘unlashtirish nafaqat energetik xavfsizlikni ta’minlaydi, balki SI rivojini ham barqaror asosda yo‘lga qo‘yish imkonini beradi.

Teglar

Mavzuga oid