add

Sun’iy intellekt yaratgan qo‘shiq Billboard’ni zabt etdi

Sun’iy intellekt yordamida yaratilgan Breaking Rust tarixda ilk bor Billboard’ning country yo‘nalishidagi raqamli sotuvlar reytingida 1-o‘ringa chiqdi.

Sun’iy intellekt yaratgan qo‘shiq Billboard’ni zabt etdi

AQSHning mashhur Billboard chartlarida tarixiy voqea qayd etildi — Breaking Rust nomli sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan «qo‘shiqchi»ning «Walk My Walk» qo‘shig‘i Country Digital Song Sales reytingida birinchi o‘rinni egalladi. Bu holat AQSHda SI tomonidan yaratilgan musiqa ilk bor rasmiy chartda yetakchiga aylanganini anglatadi.

Musiqa dunyosida turli platforma va radiolarni larzaga keltirgan bu qo‘shiq 3,5 mln marotaba tinglangan. Fransadagi musiqa platformasi o‘tkazgan so‘rovda, odamlarning 97 foizi sun’iy va haqiqiy musiqani farqlay olmagani qayd etilgan. Breaking Rust shu tariqa raqamli san’at asridagi ilk «SI yulduz»ga aylanmoqda.

Bu holat ilk marta kuzatilmayapti. 2024 yil sentabrida Xania Monet nomli yana bir «SI san’atkor» — «Let Go, Let Go» (Gospel, 3-o‘rin) va «How Was I Supposed To Know» (R&B, 20-o‘rin) qo‘shiqlari bilan Billboard’ga kirgandi. U Telisha «Nikki» Jones tomonidan yaratilgan bo‘lib, millionlab dollarlik shartnomalarga ega bo‘ldi.

Breaking Rust haqida ma’lumotlar juda kam — faqatgina Instagram’dagi sahifasida 43 ming nafar obunachiga ega.

Teglar

Mavzuga oid

Sun’iy intellekt yaratgan qo‘shiq Billboard’ni zabt etdi | Vaqt.uz